2025-yilning 28-29-may kunlari Nepal poytaxti Katmandu shahridagi Nayabazar ko‘p maqsadli jang san’atlari markazida (MMAC) kurash bo‘yicha 4-Nepal milliy chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda mamlakatning beshta viloyati va Nepal armiyasining jamoalari ishtirok etishdi. Jami 120 nafar sportchi kuch sinashdi.
Musobaqaning ochilish marosimini Budhanilkantha munitsipaliteti meri janob Mitharam Adhikari tantanali ravishda ochdi.
Musobaqa yopilish marosimida Nepal Milliy sport kengashi bosh kotibi janob Tanki Lal Gising ishtirok etdi. G‘olib va sovrindorlarga medal, sertifikat va pul mukofotlarini topshirdi.
Musobaqa yakunida Nepal armiyasi umumjamoa hisobida eng ko‘p medalni qo‘lga kiritib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu natija armiyaning kurashga strategik yondashuvi va sportchilarning yuqori saviyadagi tayyorgarligi natijasi sifatida e’tirof etiladi.
Kurashning qadimiy ruhini zamonaviy sport madaniyati bilan uyg‘unlashtirgan mazkur chempionat sportchilar salohiyatini yuksaltirish, kurashni mamlakatimiz miqyosida yanada ommalashtirish yo‘lidagi salmoqli qadamdir.